Saytlar, ilovalar va sunʼiy intellekt qanday ishlaydi — qisqa videolarda, kundalik misollar bilan. Videodan keyin kerakli materialni shu yerdan yuklab olasiz.

Har bir video — bitta savolga javob

Redis, Kubernetes, sunʼiy intellekt yoki mashhur uzilishlar — texnik soʻzlarsiz, doʻkon, kassa va pochta misolida.

Qanday tushuntiramiz

Kundalik misol bilan

Kesh — kassa yonidagi javon. Navbat — pochta qutisi. Avval tasavvur qilasiz, keyin texnik nomini bilasiz.

Haqiqiy voqealar

Facebook 6 soat yoʻqolgani, Bybit’dan oʻgʻirlik, PHP’dagi zaiflik — faktlar rasmiy manbalardan.

Amaliy foyda

Har bir videodan keyin: nima qilish kerak. Chek-list va shpargalkalar — shu saytda, bepul.

Videodan keyin — yuklab oling

Chek-listlar, shpargalkalar va qisqa qoʻllanmalar. Roʻyxatdan oʻtish shart emas.

Resurslarni ochish